"Andijon"ning "Paxtakor"ga qarshi statistikasi qanday?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Superliga 21-turida "Paxtakor" Andijonga safar qiladi.

Bellashuvni "sherlar" tarkibidan Aziz Turg‘unboev diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi. Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 53 bor to‘qnash kelishgan. Ulardan 39 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 9 bahsda durang natija qayd etilgan. 5 marta "Andijon" futbolchilari muvaffaqiyatga erishgan. Raqib darvozasini 126 marta ishg‘ol qilgan poytaxtliklar 36 gol o‘tkazib yuborgan.

"Sherlar" safardagi bellashuvlarda 15 g‘alaba, 6 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan. Mehmonda 47 to‘p kiritgan holda o‘z darvozasidan 18 gol olib chiqqan. Jami g‘alabalarning 15 tasi raqib ustidan yirik hisobdagi natijalar bilan qo‘lga kiritilgan.

O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik natija - 6:0 hisobi 2015 yil Toshkentdagi uchrashuvda kuzatilgan. O‘shanda mezbonlar shunday yirik g‘alabaga erishgan.

"Andijon" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 8 oktyabr, yakshanba kuni soat 17:00da "Bobur Arena" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!