"Andijon"ning sobiq bosh murabbiyi O‘runov o‘ynayotgan "Spartak"da ish boshladi

  • 19.08.2020 17:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Averyanov “Spartak” klubida ish boshladi. Moskvaliklarning jamoatchilik bilan aloqalar departamenti boshlig‘i Anton Fetisovning so‘zlariga ko‘ra, 71 yoshli mutaxassis bundan buyon “Spartak”ning selektsiya bo‘limida faoliyat olib boradi.

Shu o‘rinda Averyanov murabbiylik faoliyatini O‘zbekistonda boshlaganini ta’kidlash lozim. U 1984 yilda Andijonning “Tekstilchi”, 1985 yilda “Shahrixonchi”, 1986-1987 yillarda “Paxtakor” (Andijon) va 1988 yilda Olmaliqning “Metallurg” klublarida ishlagan.

Aleksandr Averyanov 2011-2012 yilda ham “Andijon” klubini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Фахриддин Исамухамедов
19/08/2020 19:17
Кайси ахмок журналист шу маколани таржима килди??? Ахир у бизда ишлаган Аверьянов эмас,унинг угли. Яна расм куйишга бало борми?))