"Andijon"ning Turkiyadagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 26.01.2023 18:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

27 yanvardan 17 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining uchinchi bosqichini o‘tkazadigan “Andijon” u erda qator nazorat uchrashuvlarida ishtirok etishidan xabaringiz bor.

Yaqinda jamoamiz 4 ta sparring-raqiblari haqida ma’lumot berib o‘tgandik. Shuningdek, yana bir raqib nomi ma’lum bo‘ldi. Rossiya birinchi divizion qatnashchisi  - Moskvaning “Rodina” jamoasi bilan 15 fevral kuniga o‘yin belgilandi. Bu xususida "Andijon" matbuot xizmati xabar bermoqda.

antaliya

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvarda “Chiksereda” (Ruminiya), 3 fevral kuni “Fakel” (Rossiya), 12 fevral sanasiga esa “Veles” (Rossiya) va “Samtredia” (Gruziya)ga qarshi o‘yinlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.  

Shunday qilib, “Andijon”ning Antaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida o‘tkazadigan o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi beshta raqibi aniqlandi. Qolgan raqiblar ma’lum bo‘lgach, yana qo‘shimcha ma’lumot beramiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!