"Andijon"ning yig‘iniga "Antalyaspor"dan futbolchi qo‘shildi (foto)

  • 13 iyul, 2023, 21:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon" matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun jamoaning yig‘ininga turkiyalik 19 yoshli futbolchi Mehmet Ilhan qo‘shildi. U “Antalyaspor” U-21 jamoasida o‘zini ko‘rsatgan. Yozgi yig‘inda esa “Antalyaspor” bosh murabbiyi Nuri Shaxin tomonidan asosiy jamoaga jalb qilingan. Aytish joizki, Ilhan ikkala qanot yarim himoyasida o‘ynay oladi.

Tecno

ilxan

Xabaringiz bo‘lsa kerak, “Andijon” klubini “Antalyaspor” bilan o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvi yo‘lga qo‘yilgan. Yodingizda bo‘lsa, qishda Rubin Xebay  aynan "Antalyaspor"ning tavsiyasiga ko‘ra taklif qilingandi.

Endilikda mazkur hamkorlik doirasida “Antalyaspor” Ilhanni “Andijon” klubining taklifiga binoan ko‘rikka kelishiga rozilik bildirdi. Shu bois jamoaning mazkur yig‘ini davomida futbolchi ko‘rikda bo‘ladi.

Shuningdek, bugun “Andijon”ning to‘purari Rubin Xebay ham klub ixtiyoriga qo‘shildi. Qolaversa, birinchi davrani “Navbahor-Farm”da o‘tkazgan hujumkor futbolchi Ibrohim G‘anixonov ham andijonliklar safida shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
14/07/2023 04:59
Х,уш келибсан Илх ,ан к,адимий Андижон турк шах,рига ва АНДИЖОН жамоасига