Andrey Fyodorov "Al Ittihod"dan uchralgan mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 10 aprel, 2019, 10:59
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Temiryo‘lchilar" Saudiya Arabistonining Jidda shahrida "Al Ittihod" mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov quyidagi fikrlarni bildirdi:

Tecno

"Avvalo "Al Ittihod"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Shuni aytishim kerak, biz bu o‘yinda nohaq mag‘lubiyatga uchradik. Bunday holat avvalgi turda "Al Rayan" bilan kechgan bahsda ham kuzatilgandi.

O‘tkazib yuborilgan gollarni aytmaganda o‘yinga belgilagan taktikamiz ish berdi. Menga jamoa harakati yoqdi, lekin afsuski yutqazib qo‘ydik. Ayrim kamchiliklar bor va ularni bartaraf etish ustida ishlashimiz kerak. Endi keyingi o‘yinlarda g‘olib chiqishga harakat qilamiz", - deb Fyodorovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Lokomotiv" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!