
Andrey Kanchelskis: Oston O‘runov psixologik muammoga uchradi
"Lokomotiv"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bu mavsumning ikkinchi o‘yini va xatolar bor. Kelgusi uchrashuvlarga xatolar ustida ish olib boramiz. Bugun ikkinchi hujumchini vaziyatni o‘nglash uchun tushirgan edim, lekin bu o‘xshamadi. Hayot davom etadi. Endi "Bunyodkor"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik olib boramiz.
Futbolda tavakkal qilish kerak, shunda nimadir o‘zgaradi. Maydonimiz tayyor emas va shu bois uy o‘yinlarini o‘tkaza olmayapmiz. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. O‘z navbatida muxlislar bizni safar uchrashuvlarida ham yolg‘izlatib qo‘yishmayapti va buning uchun ularga rahmat aytaman.
Oston O‘runov psixologik muammoga duch kelgani uchun uni almashtirdim. Futbol - xatolardan iborat. Agar o‘yin xatolarsiz o‘tganida, hisob 0:0 bo‘lardi", - dedi rossiyalik mutaxassis.
Fikrlar
Ishtiyoqlari bor. Oʼtkan mavsumdagi Navbahor yutqazsa ham chiroyli oʼynab yutqazardi. 90 daqiqa tinmay hujumlar qilardi hozir esa biz hujum qildik endi sizi navbatiz degandek oʼyin koʼrsatishdi. Magʼlubiyatda oʼrtoq murabbiy sizni aybingiz hammasi chunki murabbiy taktika tanlaydi oʼyinchilarni transfer qiladi. Tarsferda Qariya oʼyinchilarni oldingiz. Mayli qolganini vaqt koʼrsatadi oʼylaymanki Navbahor oʼtkan yilgidanda mazmunli oʼyin koʼrsatib biz muhlislarni hushnud aylaydi.