
Andrey Miklyaev: Kelasi mavsum qachon boshlanishini kimdir ayta oladimi?
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finalida AGMKga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Uchrashuv haqida to‘liq gapirmoqchi emasman. Bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Kubok o‘yinlari shunday: gol o‘tkazib yuborasan va tiklanish qiyin bo‘ladi. O‘zimiz sovg‘a qildik. Ikkinchi golda ham bir necha futbolchilarga tekkan to‘p darvozaga kirdi. Haqiqiy kubok bellashuvi. Agarda birinchi bo‘lib darvozani ishg‘ol qilganimizda barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. AGMKni navbatdagi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Omadsiz kunimiz ekan.
- Timur Kapadze qoladimi yoki ketadimi?
- Bu savol menga emas, rahbarlarga berilishi kerak.
- Kelasi mavsum uchun rejalar ishlab chiqildimi? Yangi futbolchilar bilan kelishuvlar amalga oshirilganmi? Tarkibda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
- Yo‘q, kelasi yil borasida hali gaplashmadik. Pandemiya sababli taqvim juda og‘irlashib ketdi. Kelasi mavsum qachon boshlanishini kimdir ayta oladimi? Men ham sizlar kabi hech nimani bilmayman va hech nima deya olmayman.
Fikrlar