
Andrey Rublyov ikkinchi davraga yo‘l oldi
Rossiyalik Andrey Rublyov va yaponiyalik Taro Daniel Mayami shahrida o‘tayotgan "Masters" turkumiga kiruvchi musobaqada o‘zaro raqobatlashdi.
Birinchi davradan joy olgan ushbu uchrashuvda Andrey raqibini uch setda, – 3:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "Miami Open" turnirining ikkinchi davrasida Rublyov xorvatiyalik Marin Chilichga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar