Andrey Shipilov: Bugun biz bir ochkoni qo‘lga kiritdik
Xabaringiz bor bugun Coca-Cola Superliganing 9-turida “Navbahor” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi va 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi.
O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirdi.
“Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsumda ham jamoamiz Namanganda 0:0 hisobida durang qayd etgan edi. “Navbahor” jamoasiga ajoyib mehmonnavozlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Hafta davomida shogirdlarimni bunday ko‘psonli ishqiboz tashrif buyuradigan stadionda to‘p surishga tayyorlashga intilgan edim. Birinchi bo‘limda aytarli xavfli vaziyatlar yuzaga kelgani yo‘q. Birinchi bo‘limda biz to‘pni nazorat qilishga urindik, ikkinchi taymda esa “Navbahor” uzun paslar va to‘p uzatmalar orqali o‘ynashga urindi. O‘yin so‘nggida bizda 2 ta yaxshi vaziyata yuzaga keldi. Lekin ulardan naf chiqara olmadik. Yakunda qayd etilgan natija o‘yinga mos bo‘ldi. Bugun biz bir ochkoni qo‘lga kiritdik”, - dedi mutaxassis.



Fikrlar
Иккиюзламачиларни сайти чем.аз
Барчамизга Омад!
Кимнидур хафа қилган булсам узр!