Andrey Shipilov Qo‘qondagi ilk g‘alabadan so‘ng ham shogirdlarining o‘yinidan ko‘ngli to‘lmaganini aytdi

  • 30.09.2019 18:51
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Superliga 21-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Metallurg”uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Andrey Shipilov ishtirok etdi. Bu haqda "Qo‘qon-1912" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

- Biz uchun sentyabr oyi juda og‘ir keldi. Bundan oldingi o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchragandik. Bugun safarda g‘alaba qozondik.

Birinchi bo‘limda shogirdlarimning hatti-harakatlarini tushuna olmadim. Futbolchilarimiz yomon o‘ynashdi. To‘g‘ri, safarda uchta gol urdik, uch ochko oldik, lekin bugungi o‘yinimiz meni qoniqtirmadi. Professional futbolchilar bunday o‘ynamasliklari kerak. Birinchi taymda juda sust o‘ynadik. Futbolchilar go‘yoki maydonda uxlashdi. Menimcha, ular o‘yinga bunday munosabatda bo‘lmasliklari lozim. “Qo‘qon-1912” jamoasi bugun yaxshi to‘p surdi. Jamoa etakchilarisiz ham maydonda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Qo‘qonliklar bugun muxlislarbop futbol ko‘rsatishdi. Xolmuhammedov qizil kartochka olib maydonni tark etgani foydamizga ishladi.

Mavsumning oxirgi qismi dahshatli bo‘lishini kutyapman. So‘nggi turlardagi har bir ochko jamoalar uchun qimmatli sanaladi. Shuning uchun shogirdlarimga xotirjamlikka berilmaslikni so‘radim. Hali bizni qiyin uchrashuvlar kutmoqda.

Bugungi o‘yindagi eng faol o‘yinchi bu Quvondiq Ro‘ziev bo‘ldi. Umuman olganda, Quvondiq barcha o‘yinlarni yuqori darajada o‘tkazmoqda. Uning o‘yinlarning ancha vaqtdan beri kuzatib kelaman. Uni bejizga terma jamoaga taklif etishmadi.

Shaxboz Erkinov ham zaxiradan maydonga tushib o‘yinni ancha kuchaytirib yubordi, - dedi Shipilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!