Anelka Mbappega maslahat berdi
Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Nikolya Anelka “Monako”ning yosh hujumchisi Kilian Mbappe bilan braziliyalik Ronaldo xamda o‘zini solishtirib ko‘rdi va unga maslahat berdi.
“Mbappeda jahon darajasidagi futbolchi bo‘lish uchun barcha xislatlar mavjud. U o‘z faoliyatini to‘g‘ri qurishi kerak. Kilian Anelka yoki Ronaldodan birini tanlashiga to‘g‘ri keladi.
Agarda, u menga o‘xshasa, eng yaxshi to‘purarlardan biri bo‘ladi. Agarda, Ronaldoni tanlasa, u kabi futbol afsonasi bo‘lishi va o‘z nomini tarixga yozishi mumkin bo‘ladi” –, deb aytib o‘tdi Anelka L`Eqipe nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar