
Angliya ayollar terma jamoasi Evropa chemionatida zafar quchdi
Angliya ayollar terma jamoasi kecha Evropa chempionati finali doirasida Germaniyaga qarshi bahs olib bordi. Unda angliyaliklar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Chempion bo‘lgan jamoa safida gollarga Tuni va Kelli mualliflik qildi. Germaniyaliklarning yagona goli Magulli hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, Angliya ayollar jamoasi ilk marotaba Evropa chempionati g‘olibalariga aylandi. Germaniya terma jamoasiga finalda omad kulib boqmadi.
Fikrlar