Angliya chempionatida yangi yulduzlar porlaydi
Angliya premer-ligasiga qaytgan “Vest Bromvich” yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishga kirishdi.
Bu jamoa Turkiyaning “Beshiktash” jamoasi etakchilari - Domagoy Vida va Adem Lyayichni Angliyaga ko‘chirib kelmoqchi. “Vest Bromvich”ning tajribali bosh murabbiyi Slaven Bilich har ikki futbolchiga katta umid bog‘layapti.
Jamoalar transfer masalalarini muhokama qilishni boshlab yuborgan. Vida va Lyayichning turk klubi bilan shartnomasi yakunlanishiga hali ikki yil bor. Shunday bo‘lsa-da, “Beshiktosh” 17 million evroga bu futbolchilarini Angliyaga jo‘natib yuborishi mumkin.

Fikrlar