Angliya chempioni nomi oldindan e’lon qilindi

  • 10.02.2026 11:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Opta statistika markazi Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida chempionlik unvoni “Arsenal”ga tegishini hozirdan ma’lum qildi.

Opta superkompyuteri bahosiga koʻra, Mikel Arteta jamoasining uzoq kutilgan chempionlikni qoʻlga kiritish ehtimoli 91,41 foizni tashkil etadi.

Roʻyxatda ikkinchi oʻrinni “Manchester Siti” egallagan. Oʻtgan turda amaldagi chempion “Liverpul” maydonidan muhim gʻalaba bilan qaytgan Xosep Gvardiola shogirdlarining chempion boʻlish imkoniyati 7,09 foizga baholanmoqda.

Chempionat jadvalida uchinchi oʻrinda borayotgan Birmingemning “Aston Villa” klubining mavsumni birinchi pogʻonada yakunlash imkoniyati 1,36 foizga teng.

Angliya chempionatining 25-turidan soʻng “Arsenal” 56 ball jamgʻargan holda yakkapeshqadam boʻlib turibdi. Mikel Arteta shogirdlari eng yaqin ta’qibchi “Manchester Siti”dan olti ochko oldinda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!