Angliya chempioni "Real"ga o'tishga rozi bo'ldi

  • 24.08.2026 19:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur ispan futbolchisi Madriddga ko‘chishga tayyor. «Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendi «Real» klubining qiziqishiga o‘z munosabatini bildirdi. 

Bu haqida El Nacional nashri xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, futbolchi madridliklar safiga o‘tishga og‘zaki rozilik bergan. Shu bilan birga, «Real» hozircha o‘z yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinga bo‘yicha aniq takliflarni kutmoqda.

Subimendining transferi faqat fransuz futbolchisi jamoani tark etgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin. Kamavingaga esa «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Martin Subimendi 2025 yildan beri «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda. U bu jamoaga «Real Sosyedad» klubidan o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!