Angliya hujumchisi "Vest Xem"ni kuchaytiradi

  • 04.08.2020 15:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Vest Xem” jamoaning asosiy ijrochilaridan biriga aylanishga qodir bo‘lgan markaziy hujumchi qidirmoqda.

Ayni paytda bu jamoa rahbariyati e’tiborini Angliya terma jamoasi forvardi Kallum Uilsonga qaratgan.  Uiloson o‘ynayotgan “Bornmut” quyi ligaga tushib ketdi va hujumchi mamlakat bosh jamoasidagi o‘rnini saqlab qolishi uchun premer-ligada to‘p surishi kerak.

Shuning uchun 28 yoshli forvard APL klublaridan bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Kallum Uilson “Bornmut”ga olti mavsum davomida sadoqat bilan xizmat qildi. U bu klub tarkibida 171 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 61 ta to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!