Angliya klubi 73 million evrolik taklifni rad etdi
«Chelsi» APLda yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott uchun kurashga jiddiy kirishdi.
Hooligan Soccer nashri ma’lumoticha, londonliklar 20 yoshli futbolchi uchun «Bornmut»ga 73,4 million yevro taklif qilgan. Biroq klub bu variantni rad etgan. Manbalarga ko‘ra, «vishnyalar» o‘z yarim himoyachisini 91,5 million yevrodan kamga qo‘yib yuborish niyatida emas.
Hozirda «Chelsi» yangi, yaxshilangan taklif ustida ishlamoqda. Ushbu taklif «Bornmut» qo‘yayotgan moliyaviy talablariga yaqinlashishi kutilmoqda.
Aleks Skott atrofidagi vaziyatni Angliyaning boshqa yetakchi klublari ham diqqat bilan kuzatmoqda. Xususan, «Liverpul», «Arsenal» va «Manchester Siti» futbolchining kelajagiga befarq emas. Xabarlarga ko‘ra, «Manchester Siti» Skottni xarid qilish variantin ko‘rib chiqmoqda. Bu variant «Chelsi» bilan Enzo Fernandez bo‘yicha kelishuv amalga oshmay qolgan taqdirda ishga tushirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining birinchi turida Aleks Skott maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi, ammo gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.

Fikrlar