Angliya klubi mundialda uchta gol urgan futbolchini oldi
«Aston Villa» klubi rahbariyati «Frayburg» va Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Yoxan Manzambini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Jurnalist Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqdagi xabariga ko‘ra, bonuslar bilan birga bitim umumiy qiymati deyarli 70 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha haftadan buyon Manzambi uchun asosiy da’vog‘ar sifatida ko‘rilayotgan «Nyukasl» taklifiga qaramay, «Aston Villa» moliyaviy jihatdan yaxshiroq shartlarni taklif qilgan.
Manzambining o‘zi esa «Nyukasl»ga o‘tish bo‘yicha yakuniy rozilik bermagan. Futbolchining vakillari bir necha kun oldin Birmingem klubini uning aynan «Villa» safiga qo‘shilishni istashi haqida xabardor qilgan.
Tomonlar futbolchi bilan uzoq muddatli shartnoma shartlarini kelishib olgan. Yaqin kunlarda Manzambi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng transfer rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda.
O‘tgan mavsumda Manzambi barcha musobaqalar doirasida 47 o‘yin o‘tkazib, yetti gol urdi va olti golli uzatma berdi. U Yevropa Ligasi mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.
2026 yildagi jahon chempionatida shveytsariyalik yarim himoyachi to‘rt uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va ikki marta hamjamoalarini golli pas bilan ta’minladi. Shveytsariya terma jamoasi musobaqani chorak finalda to‘xtatdi, bu bosqichda Argentina 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar