Angliya klubi o‘z tarixidagi rekord transferga qo‘l urdi
Mundial transferga ta'sir qildi
Germaniya Bundesligasida ishtirok etayotgan “Frayburg” klubi yarim himoyachisi Yoan Manzambi “Aston Villa”ning rekord darajadagi transferi bo‘ldi.
Amadu Onananing jarohati va Yuri Tilemansning “Manchester Yunayted”ga ketishi ortidan “Villa” markaziy chiziqni kuchaytiradigan o‘yinchi sifatida Yoan Mazambini tanladi.
“Villaliklar” yarim himoyachi uchun kurashda “Nyukasl”ni ortda qoldirdi.
20 yoshli Manzambi Shveytsariya terma jamoasi bilan jahon chempionatida ishtirok etganidan keyin qisqa muddat hordiq chiqarmoqda. U bir necha kun ichida Angliyaga kelib, “Aston Villa”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, Birmingem klubi Manzambi uchun 50 million funtdan ortiq mablag‘ sarflaydi. Bu esa 2024 yilda Amadu Onana uchun “Everton”ga to‘langan summadan ham ko‘proq bo‘ladi va Manzambi klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.
O‘tgan mavsumda Manzambi “Frayburg” safida Bundesligada 27 o‘yinda 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Jahon chempionatida esa, Shveytsariya terma jamoasi safida 4 uchrashuvda 3 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.
Izohlar (0)