Angliya klubi "Real" qadrlamagan hujumchi uchun salkam 60 million yevro tikdi
Angliya Premier-ligasining «Fulxem» klubi rahbariyati «Real» hujumchisi Gonsalo Garsiyani qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Marca nashri ma’lumoticha, londonlik klub transfer uchun 60 million yevro miqdoriga yaqin, biroz kamroq taklif bergan. Madrid jamoasi esa o‘z futbolchisini 60 million yevrodan kam summaga qo‘yib yuborish niyatida emas.
Xabarlarga ko‘ra, «Fulxem» Garsiyani klubning bosh loyihasi markaziga qo‘yishni, jamoani aynan uning atrofida shakllantirishni rejalashtirgan.
Gonsalo Garsiya «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yildagi mavsumda hujumchi «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 39 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar