Angliya klubi “Siti” yulduzini qaytarib beradi

  • 16.01.2026 09:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘tgan yoz Xosep Gvardiola “Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat transfer egasi Jek Grilishni jamoadan ketishiga imkoniyat yaratib bergan edi. 

Angliyalik yarim himoyachi bir yillik ijara asosida “Everton”ga ko‘chib o‘tdi. Mersisaydliklarda 30 yoshli futbolchini sotib olish huquq mavjud. 
Biroq “Everton” rahbariyati Grilishni to‘liq transfer qilishga ikkilamoqda. Pleymeykerning shartnomasida ko‘rsatilgan  50 million funt-sterling (57 million yevro) miqdordagi badal summasi mersisaydliklarga og‘irlik qilayapti. 

Football Insider nashrining xabar berishicha, Jek Grilishning o‘zi “Manchester Siti”ga qaytmoqchi emas. U “Everton”da qolish va Devid Moyes qo‘l ostida o‘ynashni davom ettirishni istaydi. 

Grilish joriy mavsum Premer-ligada 19 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. Transfermarkt saytida futbolchining qiymati 25 million yevro ekani ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!