Angliya klublari 15 yoshli “monstr”ni talashyapti
The Athletic nashri jurnalisti Jordan Kempbell Shotlandiya chempionatida ishtirok etayotgan “Aberdin” jamoasi vakili 15 yoshli Lyuis Kerroll haqida ma’lumot tarqatdi.
Ekspertlar bu futbolchining iqtidorini yuqori baholamoqda va o‘yin uslubi tufayli “Manchester Siti” va Angliya terma jamoasi himoyachisi Jon Stounzga qiyoslashyapti.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bo‘yi baland yosh himoyachiga Angliya Premer-ligasining ikki grand klubi – “Chelsi” va “Arsenal” jiddiy da’vogarlik qilmoqda.
Kerroll himoya markazida ishonchli o‘ynay oladi. Uning bu xususiyati mutaxassislar tomonidan alohida tilga olinmoqda.
Angliyaning har ikki klubi Lyuis Kerrollni joriy mavsum yakunlanganidan keyin yozgi transferlar oynasi davrida xarid qilmoqchi.

Fikrlar