Asosiy mazmunga oʻtish

Angliya liga kubogi. "Arsenal" va "Liverpul" irodali tarzda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olishdi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Finalgacha bir qadam!

Angliya liga kubogining chorak finalidan o‘rin olgan o‘yinlar boshlandi. Quyida "Arsenal" va "Liverpul" ishtirokidagi o‘yinlar natijasi bilan tanishishingiz mumkin. 

"Arsenal" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qilib, 3:2 hisobida yutdi. Uchrashuvda Jezus xet-trik qilgan bo‘lsa, Mateta va Nketia javob qaytarishdi. 

"Liverpul" esa "Sautgempton" mehmoni bo‘ldi va qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dastlab, Nunes hisobni ochgan bo‘lsa, Elliot farqni ikkitag oshirib qo‘ydi, shundan keyin Archer javob qaytardi. 

Shu tariqa, "kanonirlar" va Slot shogirdlari Angliya liga kubogi yarim finaliga yo‘l olishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q