
Angliya superklubi 9-transferni uddaladi. Oldinda yana ikkita nishon bor!
So‘nggi yillarda yangi o‘yinchi xarid qilish bo‘yicha “Chelsi”ning oldiga tushadigan klub topilmayapti.
London klubi rahbariyati har bir yangi bosh murabbiyga talabiga ko‘ra, istagan futbolchisini olib bermoqda. Biroq yuqori natijalardan darak yo‘q.
Yangi mavsumga jamoani Entso Mareska tayyorlyapti. Bu yoz “aristokratlar” 9-transferni amalga oshirib bo‘ldi. Jamoa endi “Genk”dan taklif etilgan darvozabon Mayk Pendersga ham egalik qiladi.
Yangi mavsum oldidan “Chelsi” transfer qilgan o‘yinchilar bilan tanishing:
Tosin Adarabioyo (“Fulxem”).
Omari Kelliman (“Aston Villa”).
Renato Veyga (“Bazel”).
Kirnan Dyusberi-Xoll (“Lester Siti”).
Mark Giu (“Barselona”).
Kaleb Uayli (“Atalanta”).
Filip Yorgensen (“Vilyarreal”).
Estevao Villian (“Palmeyras”, klubga 2025 yili qo‘shiladi).
Mayk Penders (“Genk”).
Ma’lumotlarga qaraganda, londonliklar bu yoz “Boka Xuniors” markaziy himoyachisi Aaron Anselminoni kutmoqda. Shuningdek, jamoa “Napoli” to‘purari Viktor Osimxenga ham og‘iz solgan.
Fikrlar