Angliya tarixda ilgari bo‘lmagan natijani qayd etdi
Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining Evropa mintaqasi saralash turniri o‘ninchi turida Albaniya futbolchilarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Safarda o‘tkazilgan bahsda Harri Keyn ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, inglizlarning muhim g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, Angliya terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor qatorasiga 11 ta rasmiy uchrashuvda g‘olib chiqib, tarixiy rekord o‘rnatdi.
Bu seriya 2024 yilning oktyabrida Angliya terma jamoasi Evropa Millatlar ligasi doirasida Finlyandiyani 3:1 hisobida mag‘lub etgani o‘yindan boshlangan. Keyinchalik inglizlar Millatlar ligasida Gretsiyani 3:0, Irlandiyani 5:0 hisobida engdi. Jahon chempionati saralashida esa, ular Albaniyadan ikki bor 2:0, Latviyadan 3:0, 5:0, Andorradan 1:0, 2:0, Serbiyadan 5:0, 2:0 g‘isobida ustun keldi.
Fikrlar