Angliya terma jamoasi Belgiyaga qarshi o‘yindan oldin o‘z etakchisidan ayrildi
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi mashg‘ulotlarida jarohat oldi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi bugun UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Belgiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tish lozimki, Keyn 2020 yilning boshida son mushaklaridan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi. Keyinchalik uning sog‘ayishi uchun bir necha oy talab etildi.

Fikrlar