
Angliya terma jamoasi ham koronavirus tufayli olamdan o‘tgan sobiq futbolchisi uchun ta’ziya bildirdi
"Biz Normanning vafot etganini eshitishdan g‘oyat qayg‘udamiz. Xanter jahon chempionligiga erishgan jamoamizning bir qismi edi. Terma jamoa uchun 28 ta bellashuvda maydonga tushgan. Uning xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Normanning oilasi, yaqinlari va do‘stlariga chuqur ta’ziyamizni izhor qilib qolamiz", deb yozadi "uch sherlar" rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, Norman Xanter 1966-1975 yillar mobaynida Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Fikrlar