
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi qamoqdan chiqdi
"Manchester Siti" klubi va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Adam Jonson Donkasterdagi qamoqxonadan ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 31 yoshli futbolchi voyaga etmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilishda aybdor deb topilgan va sud tomonidan 6 yilga ozodlikdan maxrum etilgan edi. Biroq, keyinchalik uning jazo muddati teng yarmiga qisqartirilgan edi.
Ma’lumot uchun, Jonson 2010-2012 yillarda Angliya terma jamoasi safida to‘p surgan va 12ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta golga assistentlik qilishga erishgan.
Fikrlar