Angliya va Italiya chempioni bo‘lgan mashhur darvozabon fojiali halok bo‘ldi

  • 16.04.2026 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Avstriyalik darvozabon Aleksander Manninger avtomobil halokati oqibatida 48 yoshida vafot etdi. Bu haqida Avstriyaning “Red Bull Zaltsburg” klubi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

- Biz sobiq darvozabonimiz Aleksander Manningerning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘udamiz. U yo‘l-transport hodisasida fojiali tarzda halok bo‘ldi.

Bizning o‘y-xayollarimiz ayni paytda uning oilasi va do‘stlari bilan. Alvido, Aleksander, - deyiladi xabarda.

48 yoshli Aleksander Manninger “Red Bull Zaltsburg”dan tashqari Angliyaning “Arsenal”, Italiyanning “Fiorentina”, “Bolonya”, “Siena”, “Yuventus”, “Udineze”, Germaniyaning “Augsburg”, Ispaniyaning “Espan’ol” kabi klublarida to‘p surgan. “Arsenal” tarkibida u Angliya chempioni (1997-1998 yildgi mavsum), “Yuventus” safida esa Italiya chempioni (2011-2012 yildgi mavsum) bo‘lgan.

Shuningdek, Avstriya milliy terma jamoasi safida 33 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!