
Angliyada atigi to‘rtta gol urgan Xyoylunn 50 ta to‘p kiritgan Xolandni mensimadi
Angliya Premer-ligasining 23-turida “Manchester Yunayted” futbolchilari “Vest Xem” ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.
Rasmus Xyoylunn hisobni ochgan bo‘lsa, Alexandro Garnacho dubl qayd etdi.
Uchrashuvdan keyin jurnalistlar o‘yin qahramoni bo‘lgan Garnochaga quyidagi savol bilan murojaat qildi:
- Alexandro, nihoyat siz Erling Xoland va Vinisius Junior kabi mashhur to‘purarlar darajasiga ko‘tarildingiz, hissiyotlar qanday?
Bu vaziyatda gapga Garnachoning yonida turgan Xyoylunn aralashdi. Daniyalik futbolchi jamoadoshi javob berishga imkon qoldirmadi va jurnalistlarga “Kechirasiz, siz aytgan futbolchilar kim o‘zi?”, deb katta gapirdi.
Qizig‘i shundaki, Angliyaga kelganidan beri ancha vaqt darvozaga yo‘l topa olmagan Rasmus Xyoylun Premer-ligada endigina to‘rtta gol urdi. U mensimagan Erling Xoland esa, bir yarim mavsum davomida Angliya chempionatining o‘zida 51 ta uchrashuvda 50 ta to‘p kiritgan.
Vinisius Junior esa, “Real”ning asosiy hujumchisi hisoblanadi va ko‘p jihatlardan Xyoylunndan ustun baholanadi.
Fikrlar