Angliyada «Chelsi»ga Satpaevni ijaraga berish taklif qilindi

  • 09.08.2026 20:15
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyalik jurnalist Maks Fretuellning fikricha, «Chelsi» klubi transfer oynasi yopilgunchа Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaevni ijaraga jo‘natishi kerak. Bu haqida Sports.kz xabar berdi.

 

«Klubni qisqa vaqt ichida juda katta ish kutib turibdi. Chet eldagi mavsumoldi yig‘inlardan so‘ng bir necha xulosalarga keldim: aniq ijaraga beriladiganlar — Mudrik, Essugu, Sarr, Anselmino, Satpaev; aniq sotilishi kerak bo‘lganlar — Delap, Tosin, Kelliman, Slonina; asosiy tarkibda qoldirish yoki jamoa atrofida ushlab turish lozim bo‘lganlar — Jekson, Maxdi», — deb yozadi Fretuell «X» ijtimoiy tarmog‘ida.

 

Eslatib o‘tamiz, mavsumoldi bahslarda Dastan Satpaev «Chelsi» tarkibida to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi. Biroq ularning faqat bittasida o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Shu o‘yinda, «Western Sidney Wonderers»ga qarshi bellashuvda (6:4) qozog‘istonlik futbolchi klub uchun o‘zining ilk golini urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!