Angliyada murabbiy alishtirish bo‘yicha rekord o‘rnatildi

  • 14.02.2026 12:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Nottingem Forest” klubi Angliya Premier-ligasi tarixida bir mavsumda to‘rt bosh  murabbiy bilan ishlagan birinchi klub sifatida o‘rin oladigan bo‘ldi.

Klub xo‘jayini tez orada jamoana yangi bosh murabbiy tayinlaydi. Jamoa portugaliyalik mutaxassis Vitor Pereyraga topshirilishi kutilmoqda.

“O‘rmonchilar” joriy mavsumni Nunu Eshpiritu Santu bosh murabbiyligida boshlagan edi. Keyin boshqaruvni Ange Postekog‘lu qabul qilib oldi. Qisqa muddatdan keyin bosh murabbiylikka Shon Daych olib kelindi.

Uchala murabbiy ham “mavsum avvalida yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kutilgan jamoani inqirozdan olib chiqa olmadi. Ayni paytda 27 ochko bilan 17-o‘rinda borayotgan “Nottingem Forest” ligada qolish uchun kurashishga majbur bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!