Angliyada o‘ynagan futbolchi qo‘lga olindi

  • 22.03.2026 12:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning “Vest Bromvich Albion” va “Chelsi” klublarining sobiq himoyachisi Nil Klement Ispaniyada narkotik moddalar sotib olishda gumon qilinib qo‘lga olindi.

Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.

47 yoshli sobiq futbolchi Marbella va Fuenxirola shaharlarida joylashgan “Riviera del Sol” savdo markazida hibsga olingan. Uning yonidan va uyidan turli xil narkotik moddalar hamda naqd pullar topilgan.

Klement 2000–2010 yillar oralig‘ida “Vest Bromvich” safida o‘ynab, 295 ta o‘yinda qatnashgan va 24 ta gol urgan. U avval “Chelsi”da ham to‘p surgan.

Qo‘lga olinganidan so‘ng, u sudga olib borilgan va tergov davomida garov evaziga ozod qilingan. Politsiya bir kilogrammdan ortiq taqiqalgan moddalarni musodara qilgan. Amaliyot aholi tomonidan kelib tushgan shubhali faoliyat haqidagi shikoyatlardan keyin o‘tkazilgan.

Yakuniy hukm tergov natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!