Angliyada takrorlanmas rekord qayd etildi

  • 11.01.2026 08:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Brayton” yarim himoyachisi Jeyms Milner Angliya Premier-ligasi tarixida turnir oʻyinlarida 25 yil davomida uzluksiz maydonga tushgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.

40 yoshli futbolchi APLdagi ilk oʻyinlarini 2002 yilda “Lids” safida oʻtkazgan boʻlib, oʻshanda oltita uchrashuvda ishtirok etgan.

2025 kalendar yilida Milner “Brayton” safida Angliya milliy chempionati doirasida  11 ta oʻyinda qatnashdi. U 2023 yil yozidan buyon shu klub sharafini himoya qilib kelmoqda.

2026 yilda esa tajribali futbolchi allaqachon ikki oʻyinda maydonga tushdi. Milner ketma-ket ikkita turda “Börnli” (2:0) va “Manchester Siti” (1:1) bilan oʻyinlarda ishtirok etdi.

Joriy mavsum boʻyicha Milner hisobida 12 ta oʻyin bor, ularda u bitta gol urib, bitta golli uzatma ham qayd etgan.

Tajribali yarim himoyachi  ilgari “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Aston Villa” va “Nyukasl” klublarida ham toʻp surgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!