Angliyada uch hujumchi hammani o‘ziga qaratmoqda
Keskin va murosasiz kurashlarga boy o‘tadigan Angliya Premer-ligasi har mavsum jahon futboli uchun yangi iste’dodlar, mohir futbolchilarni kashf etib berishi odatiy holga aylangan.
Futbol mutaxassislari joriy mavsum Premer-ligada o‘zini ko‘rsatib kelayotgan va grand klublar e’tiborini qozongan uch nafar hujumkor futbolchini alohida e’tirof etmoqda.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu futbolchilar tez orada grand klublar “o‘ljasi”ga aylanadi.
Antuan Semeno – “Bornmut”ning 25 yoshli hujumchisi jismoniy kuch, vertikal o‘yin va gol urish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu futbolchi hujumga tez o‘tishga ixtisoslashgan “Liverpul” yoki “Manchester Siti” uchun juda mos nomzod hisoblanadi.
Iliman Ndiaye - “Everton”ning 25 yoshli hujumkor futbolchisi kreativligi, driblingi va tor hududda vaziyatni ko‘ra olish kabi sifatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Uning o‘yin uslubi “Chelsi” yoki “Arsenal” singari klublarning hujumini yanada chuqurlashtirishi mumkin.
Yankuba Mintex – “Brayton”ning 21 yoshli o‘yinchisi tezkor, jasur, ambitsiyali chap qanot hujumchisidir. U haqiqiy brilliant bo‘lib, “Liverpul” kabi kuchli hujumkor loyihada yanada porlashi mumkin.

Fikrlar