Angliyada yana bir klub bosh murabbiyni haydamoqchi

  • 22.02.2026 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida ishlari yurishmayotgan “Kristal Pэlas” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Oliver Glasnerni yaqin bir oy ichida ishdan bo’shatishi mumkin.

Jurnalist Alan Nikson ma’lumotiga ko’ra, klub raisi Stiv Perish agar keyingi 3–4 o’yinda ijobiy natijalar qo’lga kiritilmasa, murabbiyni iste’foga chiqaradi.

Hozircha Glasnerning ishdan bo’shatilmaganiga asosiy sababi – unga munosib o’rinbosarning yo’qligida.

Manbaga ko’ra, klub mutasaddilari jamoa boshqaruviga ikkita nomzodni mo’ljallab qo’ygan. Ular “Bornmut”dan Andoni Iraola va “Fulxэм”dan Mark Silvani taklif qilmoqchi. Biroq har ikki murabbiy jamoasini mavsumning hal qiluvchi pallasida tashlab ketmaydi va bu masala yozda muhokama qilinadi.

Avstriyalik 51 yoshli mutaxassis “Kristal Pэlas”ni 2024 yili qabul qilib olgan edi. O’tgan mavsumda jamoa uning qo’l ostida Angliya kubogi va Superkubogini qo’lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!