
Angliyada yil futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jordan Xenderson Angliya terma jamoasining 2019-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
29 yoshli futbolchi unvon uchun kurashda "Mancheter Siti" hujumchisi Raxim Sterling va "Tottenxem" forvardi Xarri Keynni ortda qoldirdi.
O‘tgan yilda Xenderson terma jamoa safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shuningdek milliy jamoadagi 50-o‘yinini o‘tkazdi.
Fikrlar