Angliyada zo‘r to‘purar paydo bo‘ldi
“Everton” rahbariyati Angliya premer-ligasida to‘purarlik uchun kurashayotgan hujumchi Dominik Kalvert-Lyuinga yordam berish uchun yana bir hujumchi olishga qaror qildi.
Ayni paytda Liverpul shahri klubi chempionshipda “Brentford” sharafini himoya qilayotgan Ayvan Tounini taklif qilmoqchi. Bu klub safiga yangi qo‘shilgan 24 yoshli hujumchi 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va ikkita golli pas oshirdi.
Uning sermahsul o‘yini premer-liga klublarining e’tiborini torta boshladi.
Ayvan besh yil oldingi mavsumda “Nkasl” tarkibida premer-ligada o‘ynashga ulgurgan. Hujumchi sifatida 2018 yilda ko‘zga ko‘rina boshladi. Aynan shu yili “Piterboro” tarkibiga qo‘shilib, “Brentford”ga o‘tgunicha 76 ta uchrashuvda 50 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 12 ta golli pas oshirdi.

Fikrlar