Angliyalik jurnalist Husanov "Siti"ga o‘tsa, uni nima kutib turgani haqida fikr bildirdi

  • 8 yanvar, 17:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Lans" himoyachisi Abduqodir Husanovga ayni vaqtda Evropaning ko‘plab klublari qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa, so‘nggi kunlarda uning "Siti" yoki "Real"ga o‘tishi ko‘p muhokama bo‘lmoqda. 

Jurnalist Richard Jolli bergan xabarga ko‘ra, "Manchester Siti" legionerimizni asosiy tarkib futbolchisi emas, balki kelajak uchun potentsial nomzod sifatida ko‘rmoqda. U Gvardiola boshchiligidagi jamoaga o‘tgan taqdirda o‘yin vaqti kam bo‘lishi kutilmoqda. 

Bilasiz, "Real Madrid"da ayni vaqtda himoyada muammolar ko‘p. Jumladan, jamoaning asosiy markaziy himoyachilari hisoblangan Alaba hamda Militao jarohati bois maydonga tusha olmayapti. Futbolchimiz "Real"ga o‘tgan taqdirda, "Siti"dagiga qaraganda, ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin. 

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, "Real" o‘zbekistonlik futbolchi uchun 20 million evrolik taklif bilan chiqqan, ammo "Lans" ko‘proq pul ishlab olish niyatida. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!