Asosiy mazmunga oʻtish

Angliyaning uch badavlat klubi "Bavariya" yulduziga xaridor

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vaqtida sotib olish kerak

Myunxenning «Bavariya» jamoasida to‘p surib kelayotgan yosh nemis yarim himoyachisi Lennart Karlga «tumanli Albion»ning bir vaqtning o‘zida uch grandi qiziqish bildirmoqda.

TeamTalk nashri xabariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchini o‘z safida ko‘rishni «Manchester Yunayted», «Liverpul» va Londonning «Arsenal» klubi istamoqda. Joriy mavsumda Karl «Bavariya» tarkibida kamroq maydonga tushayotgani qayd etilmoqda, shu bois yarim himoyachi uchun jamoa almashtirish masalasi dolzarb bo‘lishi mumkin. 

Shu bilan birga, yosh futbolchining myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar Lennart Karlning ehtimoliy transfer qiymatini 60 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Lennart Karl Germaniya chempionati doirasida «Bavariya» safida besh o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q