Anjelik Kerber Vinus Uilyamsni "dodi"ni berdi

Germaniyalik Anjelik Kerber va amerikalik Vinus Uilyams Indian-Uells shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida o‘zaro raqobatlashdi.

Keskin va murosasiz o‘tgan uchrashuvda Anjelik raqibini dastlabki setda tay-brekda enggan bo‘lsa, ikkinchi setda 6:3 hisobida ustun keldi.

Shu tariqa "BNP Paribas Open" turnirining yarim finalida Kerber shveytsariyalik Belinda Benchichga qarshi kuch sinashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!