
Anna Blinkova bosh sovrin uchun asosiy davogarga aylandi
Rossiyalik tennischi Anna Blinkova Lyuksemburgda o‘tayotgan musobaqada amerikalik Kori Goff bilan o‘zaro raqobatlashdi.
Ushbu uchrashuvda Anna mavsum kashfiyoti bo‘lgan Korini 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib chorak finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa "BGL Luxembourg Open"ning 1/4 final bosqichiga chiqqan Blinkova endi germaniyalik Tatyana Mariya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar