Anri: "Arsenal" va Dyokeresh bir-biriga mos"

  • 15 avgust, 00:04
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" afsonasi Terri Anri Viktor Dyokereshni jamoaga mos hujumchi deb hisoblaydi.

Tecno

"Har doim hujumchilar haqida gapirganda bir oz adolatsizlik bor, chunki bu ularga ortiqcha bosim qiladi. Lekin siz "Atletik" darvozasiga urgan uning golini ko‘rdingiz. Instinkt, uzatmaning qaerga yo‘nalishini his qilish, ajoyib zarba — yonma-yon ustundan bosh bilan to‘pni darvozabonga qarshi tomonga yo‘naltirish. Bu haqiqiy "to‘qqizinchi raqam" goli.

U Firmino kabi orqaga tushib o‘ynaydigan "to‘qqiz" emas. U jarima maydonida, ustunlar orasida bo‘lishni istaydi. O‘zi aytganidek: "Iltimos, to‘pni jarima maydoniga yuboring va meni uzatmalar bilan ta’minlang.

Arsenal's Viktor Gyokeres during an Emirates Cup match at Emirates Stadium, London. Picture date: Saturday August 9, 2025.

Jarima maydonida "killer" bor (raqamlar yolg‘on gapirmaydi), jamoa esa ko‘p imkoniyat yaratadi — bu hamkorlik ideal bo‘lishi mumkin. Faqat hamma narsa darrov ishlab ketmasligini tushunish kerak. Sabr zarur, afsuski, hozir odamlar juda sabrsiz", — dedi Anri "Betway" intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!