Anri: “Barselona”da bu narsa tizimli muammoga aylandi”
Chempionlar Ligasi chorak finalda "Barselona" "Atletiko Madrid"ga ikki uyin natijasiga kura umumiy 3:2 hisobida yutqazishgan edi
“Barselona“ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri kataloniyaliklar himoya chizig‘iga jiddiy e’tibor berishi kerak deb aytib o‘tdi. Chempionlar Ligasi chorak finalda "Barselona" "Atletiko Madrid"ga ikki uyin natijasiga kura umumiy 3:2 hisobida yutqazishgan edi.
"Ko‘k-anorranglilar" elit darajadagi himoyachilarga muhtoj. Biz har doim hakamlik haqida gaplashishimiz mumkin ammo, aybni birinchi navbatda o‘zimizdan qidirishimiz kerak. Takomillashishi kerak bo‘lgan juda ko‘plab nuqtalar mavjud, klub birinchi navbatda shu muammolarni bartaraf etishi kerak. Amalda hech qanday o‘zgarish bo‘lmasa ularni keyingi 10 yillikda ham huddi shu holatni guvohi bo‘lamiz. Bu shunchaki dahshatli.
Bunday himoya bilan xalqaro turnirlarda o‘ynash qiyin. Men buni ikki yildan beri takror aytib kelyapman. “Barsa” raqiblaridan ustunlikka ega bo‘lib ham imkoniyatni boy beradi, bu esa pley-off bosqichiga chiqishni juda qiyinlashtirdi.
Barqarorliksiz yuqori darajani doim saqlab qololmaymiz. “Barselona” kelasi mavsum yuqori darajadagi himoyachilar bilan shartnoma imzolashi zarur. Agar jamoangizni bo‘sh joyini yopish uchun chidamlilik va chaqqonlik yetishmasa, siz o‘zingizni yana bir dahshatli tush sari tayyorlayapsiz. Bu shunchaki yomon tush emas, bu darhol yechim berilishi kerak bo‘lgan tizimli muammo”, - dedi Anri CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Izohlar (0)