
Ansu Fati Ispaniya terma jamoasi tarixiga kirdi
"Barselona" vingeri Ansu Fati kecha UEFA Millatlar ligasi doirasidan o‘rin olgan Germaniyaga (1:1) qarshi o‘yinda Ispaniya terma jamoasida debyut qildi.
E’tiborlisi, Fati 17 yoshu 308 kunlik paytida “qizil furiya” tarkibida maydonga tushdi va ushbu terma jamoa tarixidagi eng yosh futbolchilar uchligiga kirdi.
Ansu Fatidan ko‘ra yoshroq paytida faqatgina Pedro Regeyro (17 yosh 161 kun) va Anxel Subeta (17 yosh 282 kun) Ispaniya terma jamoasida debyut qilgan.
Fikrlar