Asosiy mazmunga oʻtish

Antonelli Buyuk Britaniya sprint poygasiga Hemiltondan o‘zib ketib g‘alaba qozondi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Kimi Antonelli «Silverston»da o‘tgan Buyuk Britaniya Gran-prisi sprinter poygasida «Mersedes» tarkibida g‘olib chiqdi.

Italiyalik yosh pilot Kimi Antonelli "Formula-1"ning Buyuk Britaniyadagi Gran-prisi doirasida o‘tkazilgan sprint poygada zafar quchdi. Ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini "Ferrari" piloti, britaniyalik tajribali haydovchi Lyuis Xemilton kesib o‘tdi. Uning vatandoshi, "Maklaren" haydovchisi Lando Norris uchinchi o‘rinni egalladi. Sprint musobaqasi chempionatning to‘qqizinchi bosqichi – Buyuk Britaniya Gran-prisi doirasida, mashhur "Silverstoun" trassasida o‘tkazildi. Shanba kuni asosiy poyga uchun saralash bosqichi ham bo‘lib o‘tadi. Yakshanba kuni esa Gran-prining asosiy musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q