Antonio Konte: "Jamoa xarakter ko‘rsatdi va murakkab vaziyatga qaramay g‘alaba qozondi"

  • 01.12.2025 10:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" bosh murabbiyi Antonio Konte "Roma"ga qarshi o‘yin'da (1:0) qozonilgan g‘alabani yuqori baholadi.

"Stadio Olimpiko"ga kelib, biz kabi shunchalik ishonchli o‘ynash va doim oldinga intilish — bu oson ish emas. "Roma" so‘nggi paytlarda yaxshi natijalar qayd etayotgan, turnir jadvalida bizdan yuqori turuvchi kuchli jamoa. Futbolchilarimning xarakteri namoyon bo‘lganini ko‘rib xursand bo‘ldim — ular boshidanoq raqibga ko‘zma-ko‘z javob qaytarishdi.

Biroq hozirgi paytda vaziyat og‘ir: juda ko‘p futbolchi safdan chiqqan, bu esa yana birmuncha davom etadi. Men asabiy emasman, lekin qolgan futbolchilar sog‘lom bo‘lib qoladi, degan umiddaman — aks holda muammolar yana ortadi.

Yaxshi tomoni shundaki, jamoa barcha yo‘qotishlarga juda yaxshi javob qaytardi. Sxemani o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi va "Napoli"ga kelganimdagi ilk variant — 3-4-2-1ga qaytdik. Bu qaror faqatgina hozir mavjud yarim himoyachilar soni bilan bog‘liq, masalan Lobotka va Maktominey", — dedi Antonio Konte.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!