Antuan Semenyo "Manchester Siti"da 42-raqamni tanlash sababini tushuntirdi
"Manchester Siti"ning yangi futbolchisi Antuan Semenyo jamoada 42-raqam ostida harakat qiladi. Gana terma jamoasi a'zosi nega aynan shu raqamni tanlaganini izohlab berdi.
— Bu mening "Bristol Siti"da o‘ynagan paytimdagi ilk raqamim edi. 42 va 24 raqamlari orasida tanlov qildim, ammo 24 bo‘sh emas ekan. Shuning uchun yana eski raqamimga qaytdim. U men uchun har doim ilhom manbai bo‘lib kelgan, — dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" safida 42-raqam ostida avval Yaya Tyure ham to‘p surgan.
Antuan Semenyo "Manchester Siti" bilan 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 72 million yevroni tashkil etgan.
Fikrlar