Antuan Semenyo "Manchester Siti"ga o'tish arafasida

  • 07.01.2026 03:57
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Fabricio Romanoning xabariga koʻra, "Manchester Siti" va "Bornmut" vinger Antuan Semenyoning transferi boʻyicha kelishuvni yakunlamoqda. Tomonlar bitimga oid hujjatlarni oʻzaro kelishgan.

Transfer payshanba kuni boʻlib oʻtadigan tibbiy koʻrikdan keyin rasmiy yakunlanadi.

Avvalroq Semenyoning "Manchester Siti"ga oʻtishi 65 million funtga baholanyotgani, futbolchining haftalik maoshi esa 150 ming funt boʻlishi haqida xabar berilgan edi.

Joriy mavsum Angliya Premier-ligasida Semenyo 19 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!