Anvar Xojimirzaev "Dinamo"ning 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi!

  • 19 dekabr, 2024, 16:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» PFK matbuot xizmati 18 yillik an’anasini davom ettirib, 2024 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, jamoaning 2024 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi nomini aniqladi.

Uch hafta davom etgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Superligada 10 ta gol bilan jamoa to‘purari bo‘lgan Anvarjon Xojimirzaev eng ko‘p – 3603 ta ovoz bilan (55 foiz) «Dinamo» jamoasining 2024 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 

«Dinamo»ning 2023 yildagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan Joel Kojo bu yil ham g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan biri edi va yakunda 2535 ta ovoz to‘plab (38 foiz), bu borada ikkinchi bo‘ldi. 

Mavsum davomida ajoyib o‘yinlari va gollari bilan yodda qolgan Xislat Xalilov 928 ta ovoz (14 foiz) va Ratino 651 ta ovoz (9 foiz) bilan so‘rovnomada 3-4-o‘rinlarni egallashdi.

Mavsumni yaxshi o‘tkazgan Ravshanbek Yagudin (305ta ovoz, 4 %), Salim Mustafoev (290ta ovoz, 4 %) va Dushan Miyich (187ta ovoz, 2 %) keyingi o‘rinlarni band etishdi.

Ma’lumot uchun, 2007 yildan buyon mavsum yakunlariga ko‘ra, «Dinamo»da «yil o‘yinchisi» aniqlanib kelinmoqda. Barcha laureatlar bilan tanishing:

 «Dinamo»ning «yil futbolchisi» nominatsiyasi g‘oliblari:

2007 yil – Farhod Tojiev
2008 yil – Ilyos Qurbonov
2009 yil – Bahodir Nasimov
2010 yil – Ilhom Yunusov
2011 yil – [Devid Oniya]
2012 yil – Ivan Nagaev
2013 yil – Andrey Melnichuk
2014 yil – Andrey Melnichuk.
2015 yil – Kamoliddin Murzoev.
2016 yil – Amirjon Safarov.
2017 yil – Jasur Azimov.
2018 yil – Akmal Xolmurodov.
2019 yil – Botirali Ergashev
2020 yil – Damir Temirov
2021 yil – Shohruxbek Abdurahmonov
2022 yil – Marat Bikmaev
2023 yil – Kojo Joel
2024 yil – Anvarjon Hojimirzaev

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Futbollmani
19/12/2024 16:25
Супер лигани кучайтиринглар четда уйнаётган футчилардан анварни нима камчилиги бор